Bojxonachilar tomonidan sifati kafolatlanmagan dori mahsulotlarining noqonuniy olib kirilishiga o‘z vaqtida chek qo‘yilmoqda.
Jumladan, Toshkent xalqaro aeroportiga xorijdan uchib kelgan fuqarolar S.S. va G.B.larning xatti-harakatlari bojxonachilar e'tiborini tortdi va belgilangan tartibda nazoratdan o‘tkazildi.
Tekshiruv jarayonida har ikkala fuqaroda deklaratsiyada ko‘rsatilmagan va bojxonachilarning og‘zaki so‘rovida ma'lum qilinmagan, umumiy qiymati 131 million so‘mdan ortiqni tashkil etuvchi 4 turdagi sifati kafolatlanmagan dori vositalari borligi aniqlandi.
Hozirda ushbu holatlar yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.