Qashqadaryoda litsenziyasiz ishlayotgan taksichilarga 969 600 000 so‘m ma'muriy jarimalar qo‘llanildi

Jamiyat 14:13 / 22.05.2019 9781

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining Qashqadaryo viloyat transport boshqarmasi xodimlari hamda viloyat IIB YXHBB xodimlari bilan hamkorlikda tasdiqlangan rejaga asosan litsenziyasiz yuk va yo‘lovchi tashuvchi transport vositalari haydovchilarini aniqlash maqsadida 2019 yilning 1 yanvardan 21 may kuniga qadar reydlar o‘tkazildi.

Transport vazirligi xabariga ko‘ra, inspektorlar 637 ta qo‘shma reyd tadbirlarida ishtirok etib, 1771 ta ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi. 

Shundan: 212 ta litsenziyasiz yuk tashish faoliyati bilan shug‘ullangan, 1559 ta litsenziyasiz yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullangan transport vositasi haydovchilariga nisbatan bayonnomalar rasmiylashtirilgan. 1576 ta ma'muriy ishlar sud organlarida ko‘rib chiqish uchun yuborilgan bo‘lib, 736 fuqaroga 969 600 000 so‘m ma'muriy jarimalar qo‘llanilgan va 663 huquqbuzarga nisbatan belgilangan muddatda litsenziya varaqasi olganligi munosabati bilan ogohlantirish berilib, ma'muriy jarimadan ozod qilingan. 

177 ta ma'muriy bayonnomalar sud organi tomonidan ko‘rib chiqilgan bo‘lib, hozirda sud qarorlarini olish ishlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: