«Universalbank» ATB yangi filial ochilganligini ma'lum qiladi

Jamiyat 14:20 / 21.05.2019 2261

«Universalbank» ATB bank xizmatlari bozorining barcha jabhalarida kuchli raqobatbardosh o‘ringa ega bo‘lib, o‘zida mijozga xizmat ko‘rsatishning yuqori sifati va e'tiborni uyg‘unlashtiradi.

Bank korporativ boshqaruv va chakana savdo segmentlarida faol ishtirok yetadi. Moslashuvchan tariflar, mijozlar biznesining o‘ziga xos xususiyatlariga individual yondashish, bozor talablariga muvofiq yangi zamonaviy bank xizmatlarini ishlab chiqish bankning moliyaviy ko‘rsatkichlarining jadal o‘sishiga olib keladi, bu esa o‘z navbatida bankni yanada muvaffaqiyatli rivojlanish istiqbollarini belgilab beradi.

Bugungi kunda bank rivojlanishning yangi bosqichida bo‘lib, zamonaviy bank texnologiyalari, bank mahsulotlariga bo‘lgan real talab o‘zgarishlariga tezkor javob, xizmatlarning keng ko‘lamligi asosiy ustuvor yo‘nalish qilib belgilangan.

Mijozlar bazasini kichik va xususiy korxonalar hamda jismoniy shaxslar tashkil etadi. Yangi filial ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yo‘lidan borib, Zangiota tumani fuqarolari hayotini yaxshilashga o‘z hissasini qo‘shadi.

Filial binosida mijozlarga maksimal qulaylik yaratilgan bo‘lib, unda korporativ mijozlar bilan muloqot qilish uchun xonalar, mijozlar uchun qulay kutish xonalari hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlar burchagi mavjud. Shu bilan birga, yangi filialda mijozlarga o‘ziga-o‘zi xizmat ko‘rsatish burchagi hamda mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida infokiosklar va bankomatlar o‘rnatilgan.

Manzil: Toshkent viloyati, Zangiota tumani, Mustaqillik ko‘chasi, 24-uy 

Telefon raqami:+99878 150 39 90

Faks: +99873 542 05 78

Rasmiy sayt: www.universalbank.uz 

«Universalbank» ATB yangiliklarini va aksiyalarini ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarda o‘tkazib yubormang:

Instagram: instagram.com/universalbank.uz 

Facebook: www.facebook.com/universalbank

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: