Sankt-Peterburgdagi kafeda yuz bergan pichoqbozlik oqibatida to‘rt nafar o‘zbekistonlik jarohat oldi.
O‘zbekiston bosh konsulxonasining xabar berishicha, 19 may kuni Sankt-Peterburg shahrining Frunze tumanidagi kafeda ommaviy mushtlashuv yuz bergan, natijada O‘zbekistonning to‘rt nafar fuqarosi pichoqlangan:
- Pahlavon Baxtiyorovich Ziyoyev (1987 yil 15 oktyabrda tug‘ilgan);
- Shaxriyor Baxtiyorovich Ziyoyev (1986 yil 3 sentyabrda tug‘ilgan);
- Anvar Ahrorovich Ziyoyev (1987 yil 7 iyulda tug‘ilgan);
- Abduaziz Majidovich Mahmudov (1995 yil 16 iyulda tug‘ilgan).
Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmatining ma'lumotiga ko‘ra, ikki fuqaro Sankt-Peterburgdagi I.Janelidze nomidagi ilmiy-tadqiqot institutidagi kasalxonaga yotqizilgan va jarrohlik blokida qolmoqda.
Shuningdek, yuqorida qayd etilgan holat bo‘yicha Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 111-moddasi (qasddan og‘ir jarohat yetkazish) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
«Bosh konsullik Sankt-Peterburgning tegishli tuzilmalari bilan aloqaga chiqdi va vaziyatni nazorat ostida ushlab turibdi», - deya ma'lum qilishgan TIVda.