Qashqadaryoda hamqishlog‘iga nisbatan firibgarlik qilgan shaxs ushlandi

Jamiyat 14:29 / 21.05.2019 4786

Joriy yilning 15 may kuni Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tuman prokuraturasidan hujjatlar tushgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.

Unda 2018 yil noyabr oyida Chaydari qishlog‘ida yashovchi M.X. hamqishlog‘i N.N.ni tadbirkorlik qilish maqsadida Xitoy Xalq Respublikasiga ketayotganligini eshitib, unga Shveytsariyadagi bankda o‘zining hisobida katta miqdorda puli borligi va Xitoy Xalq Respublikasidagi hisob raqamiga 10 000 AQSh dollari o‘tkazib berishini aytib, undan 3 mln. so‘m pul va 5 000 AQSh dollarini olgan va uning hisob raqamiga pul o‘tkazganligi haqida soxta bank qog‘ozini taqdim qilgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, M.X. ushlangan. 

Tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Ko‘proq yangiliklar: