«Ahmadboy va uning 15 sherigi». Sudda yana nimalar ma'lum bo‘ldi?

Jamiyat 17:48 / 21.05.2019 55101

20 may kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Quyi Chirchiq tuman sudida sudlanuvchilar Ahmadjon Tursunboyev va boshqalarga nisbatan jinoyat ishining tergov bilan yakunlangan qismini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud o‘z yakuniga etdi.

Sudlanuvchi Ahmadjon Tursunboyev O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik), 25-moddasi (jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish) orqali 168-moddasi (firibgarlik), 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) va 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishda nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Unga uzil-kesil 14 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi hamda eng kam oylik ish haqining 400 baravari miqdorida jarima tayinlandi. Jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tashi belgilandi.

Unga shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25-moddasi (jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish) orqali 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi a, v bandlari bilan ish haqi 20 foizini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda ikki yil axloq tuzatish ishlari jazosi ham tayinlandi.

Uning 15 nafar sherigiga quyidagicha hukmlar e'lon qilindi:

Kuchkarov Olmos Ismailovichga 12 yil ozodlikdan mahrum qilish hamda eng kam oylik ish haqining 400 baravari miqdorida jarima tayinlandi.

Ibragimov Izatilla Axmadjanovichga 12 yil ozodlikdan mahrum qilish hamda eng kam oylik ish haqining 350 baravari miqdorida jarima tayinlandi.

Tursunbayev Murodjon Yuldashevichga 12 yil ozodlikdan mahrum qilish hamda eng kam oylik ish haqining 350 baravari miqdorida jarima tayinlandi.

Tursunbayev Oybek Baxrom o‘g‘liga 9 yil ozodlikdan mahrum qilish hamda eng kam oylik ish haqining 350 baravari miqdorida jarima tayinlandi.

Turdiyev Azizjon Izzatillayevichga 8 yil ozodlikdan mahrum qilish hamda eng kam oylik ish haqining 350 baravari miqdorida jarima tayinlandi.

Shernazarov Xasan Eshmirzayevichga 7 yil ozodlikdan mahrum qilish tayinlandi.

Dushanov Sherzod Shukurjon o‘g‘liga uzil-kesil o‘tash uchun 7 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilish tayinlandi.

Soliyev Laziz Abdullayevichga uzil-kesil o‘tash uchun 7 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Irmatov Shakirbek Salimbekovichga uzil-kesil o‘tash uchun 7 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Mamutov Enver Ibragimovichga uzil-kesil o‘tash uchun 7 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Djurayev Yunusali Meyliyevichga uzil-kesil o‘tash uchun 7 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Dadayev Nurutdin Zomonovichga uzil-kesil o‘tash uchun 6 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Toshmatov Ergash Xakimovichga uzil-kesil o‘tash uchun 5 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilish hamda eng kam oylik ish haqining 310 baravari miqdorida jarima jazolari tayinlandi. O‘zbekiston Respublikasi JKning 72-moddasiga asosan Toshmatov Ergash Xakimovichga nisbatan shartli hukm qo‘llanilib, u ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tashdan shartli ravishda ozod qilindi va 3 yil sinov muddati belgilandi.

Isoqov Oybek Yusufbekovichga uzil-kesil o‘tash uchun 6 yil ozodlikdan mahrum qilish hamda eng kam oylik ish haqining 310 baravari miqdorida jarima jazolari tayinlandi. O‘zbekiston Respublikasi JKning 72-moddasiga asosan Isoqov Oybek Yusufbekovichga nisbatan shartli hukm qo‘llanilib, u ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tashdan shartli ravishda ozod qilindi va 3 yil sinov muddati belgilandi.

Islamova Nargiza Axmatjonovnaga uzil-kesil o‘tash uchun 5 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. O‘zbekiston Respublikasi JKning 72-moddasiga asosan Islamova Nargiza Axmatjonovnaga nisbatan shartli hukm qo‘llanilib, u ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tashdan shartli ravishda ozod qilindi va 2 yil sinov muddati belgilandi.

Sud jarayonida bevosita ishtirok etgan Kun.uz muxbiri xabar berishicha, yuqorida nomlari keltirilgan 16 nafar sudlanuvchidan solidar tartibda jami 11925 nafar jabrlanuvchiga yetkazilgan moddiy zararlarni milliy valutada topshirganlarga so‘mda, chet el valutasida topshirganlarga AQSh dollarining hukm chiqqan sanadagi davlat kursi bo‘yicha so‘mga nisbatan qiymatini milliy valuta so‘mda undirish belgilandi.

Tergov davrida sudlanuvchilardan olingan jami 13.128.177.500 so‘m pul, 12.017.282 AQSh dollari va 140 yevro, hamda «Chinoz halol chorva» MChJdan olingan 645 bosh qoramolning realizatsiya qilinishidan tushgan jami 3.484.897.848 so‘m pul mablag‘lari jabrlanuvchilarga yetkazilgan zararni qoplash uchun ularga proporsional tarzda taqsimlab berilishi belgilandi.

Ko‘proq yangiliklar: