Ijtimoiy tarmoqlarda Buxorodagi kanalga ag‘darilib ketgan oq rangli «Kobalt» rusumli avtomobil videolari tarqaldi. Ulardan birida avtomobil katta tezlikda chorrahadan o‘tib kelib, yuk mashinasiga urilgani va ag‘anagani aks etgan bo‘lsa, ikkinchisida suvga tushib ketgan «Kobalt»ni kran yordamida tortib olish jarayoni aks etgan.
Tasvirda avtomobilning bir yoni va tom qismiga jiddiy zarar yetganini ko‘rish mumkin. Hodisa tufayli jabrlanganlar to‘g‘risida ma'lumot yo‘q. YTH bo‘yicha hozircha rasmiy xabar berilmadi.