Tramp Putin bilan Saudiya Arabistonida uchrashishini ma’lum qildi
Donald Tramp Rossiya prezidenti bilan telefon orqali suhbatdan so‘ng Oq uyda jurnalistlarga uning Ukraina bo‘yicha Putin bilan uchrashuvi Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tishini aytdi.

Foto: kremlin.ru
AQSh prezidenti Donald Tramp va Rossiya yetakchisi Vladimir Putin Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushini to‘xtatish yo‘llarini muhokama qilish uchun yuzma-yuz uchrashuv o‘tkazadigan davlat Saudiya Arabistoni bo‘ladi. Bu haqda Trampning 12 fevral, chorshanba kuni Rossiya prezidenti bilan telefon suhbatidan bir necha soat o‘tib Oq uyda jurnalistlar bilan suhbati chog‘ida qilgan bayonotida aytiladi.
«Biz Saudiya Arabistonida uchrashamiz», — deya AQSh davlat rahbarining so‘zlaridan iqtibos keltiradi AFP agentligi. Hatto saylovoldi tashviqoti paytida ham Donald Tramp Ukrainadagi urushni tugatishga erishish niyatida ekanini bir necha bor ta’kidlagan.
Jurnalistlar bilan suhbatda Tramp, shuningdek, Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lishini maqsadga muvofiq deb hisoblamasligini va uning fikricha, Kiyevning Rossiya nazorati ostida bo‘lgan barcha hududlarni qaytarishi «imkoni yo‘q» ekanini aytdi.
Trampning Putin bilan telefon suhbati
CNN ta’kidlaganidek, Oq uy va Kreml matbuot xizmatlari 12 fevral kuni xabar bergan Tramp va Putin o‘rtasidagi telefon suhbati Trampning AQSh prezidenti sifatidagi ikkinchi muddati boshlanganidan beri birinchi tasdiqlangan telefon muloqotidir.
Trampning ta’kidlashicha, prezidentlar «Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urushda millionlab odamlarning o‘limini to‘xtatishga rozi bo‘ldi». Shuning uchun, uning so‘zlariga ko‘ra, siyosatchilar o‘z jamoalari «zudlik bilan muzokaralarni boshlash» haqida kelishib oldi. AQSh prezidenti Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyga qo‘ng‘iroq qilib, suhbat haqida xabardor qilishga va’da berdi.
«Men davlat kotibi Marko Rubio, Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Jon Ratkliff, milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi Mayk Uolts hamda elchi va maxsus vakil Stiv Vitkoffdan muzokaralarga rahbarlik qilishni so‘radim», — deya qo‘shimcha qildi u.
CNN ma’lumotlariga ko‘ra, Tramp Zelenskiy bilan 12 fevral kuni tushga yaqin, Putin bilan telefon muloqoti tugaganidan ko‘p o‘tmay gaplashgan.
Ayni vaqtda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ma’lum qilishicha, suhbat chog‘ida Rossiya yetakchisi Donald Trampni Moskvaga tashrif buyurishga taklif qilgan. Kremlga ko‘ra, Putin va Tramp o‘rtasidagi suhbat taxminan 90 daqiqa davom etgan.
Tavsiya etamiz
9 may bayrammi yoki motam? Bu kunning mazmuni qanday?
O‘zbekiston | 21:19 / 03.05.2025
Husanov nega o‘ynamayapti?
Sport | 10:00 / 01.05.2025
Orzu-havas niqobini kiygan kimo‘zarga o‘ynash: hukumat to‘ylarni tartibga sola oladimi?
O‘zbekiston | 17:00 / 30.04.2025
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Putin Rossiyaga Ukrainada yadro qurolidan foydalanish «kerak bo‘lmasligiga» umid bildirdi
Jahon | 08:01
-
Isroil qamoqxonalarida minglab falastinlik mahkumlar o‘lyapti - Abdulla al-Zegariy
Jahon | 07:56
-
Eronda qum bo‘ronlari sabab 800 dan ortiq odam shifoxonalarga murojaat qildi
Jahon | 04:48
-
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi
Jahon | 00:12
Mavzuga oid

08:01
Putin Rossiyaga Ukrainada yadro qurolidan foydalanish «kerak bo‘lmasligiga» umid bildirdi

20:13 / 04.05.2025
Putin o‘ziga voris tayyorlayotganini aytdi

14:15 / 04.05.2025
«Ikki urushni ham biz yutgandik». Tramp amerikaliklarning jahon urushlaridagi g‘alaba kunini nishonlashga qaror qildi

19:51 / 03.05.2025