Toshkent xalqaro aeroportida ayol kishi gashish bilan qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.
Ma'lum bo‘lishicha, 2019 yil 11 may kuni soat 05:30larda “Islom Karimov” nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportining xavfsizlik xizmati galereyasida, “Toshkent-Moskva” yo‘nalishida uchib ketayotgan yo‘lovchi 37 yoshli I.K. ismli ayolning ichki kiyimiga yashirilgan, 6 dona polietilen paketchalarga o‘ralgan 37,4 gr. “gashish” giyohvandlik vositasi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.