Toshkent viloyatida fotoradarlar orqali bir haftada 4800dan ortiq qoidabuzarlik aniqlandi

Jamiyat 21:45 / 20.05.2019 5873

Toshkent viloyatining “Almati-Bishkek-Toshkent-Termiz”, “Toshkent-O‘sh”, “Bektemir-Chirchiq-G‘azalkent-Chorbog‘” va “Qorasuv-Bo‘ka-Bekobod” avtomobil yo‘llarida o‘rnatilgan maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali o‘tgan besh kun mobaynida tezlikni me'yoridan oshirish holati bo‘yicha 4850 ta qoidabuzarlik aniqlandi. Ularga nisbatan tegishli tartibda qarorlar chiqarilib, qaror nusxalari qoidabuzarlik sodir etgan haydovchi yoki yuridik shaxsning manziliga jo‘natildi.

Ushbu maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali aniqlangan qoidabuzarliklar tahlil qilinganda, qoidabuzarliklar asosan boshqa shahar va viloyatlarga tegishli haydovchilar tomonidan sodir etilganini ko‘rish mumkin. Masalan, Toshkent shahri (1128 ta), Farg‘ona viloyati (702 ta), Namangan viloyati (598 ta), Andijon viloyati (531 ta), Toshkent viloyati (1353 ta) va boshqa viloyatlarga tegishli bo‘lgan 279 ta avtomobil belgilangan tezlikni oshirish qoidabuzarliklarini sodir etgan.

Shuningdek, qoidabuzar haydovchilardan belgilangan jarimalarni to‘lash tartibi, qoidabuzarlik holati, to‘lov amalga oshirilgandan so‘nggi holati haqidagi savollar kelib tushmoqda. Bu borada quyidagi ma'lumotlarni taqdim etamiz:

qoidabuzarlik sodir etilganligi xaqidagi ma'lumotni olish uchun 8860 qisqa raqamiga transport vositasining davlat raqamini xamda transport vositasini qayd etish guvohnomasining seriya va raqami SMS orqali yuboriladi, oz muddat ichida SMS orqali qoidabuzarlik haqidagi ma'lumot (sodir etilgan sana va jarima miqdori) keladi;

qoidabuzarlik bo‘yicha belgilangan jarimalar bank muassasalarida “Munis” tizimi orqali, plastik kartadan “Click”, “PayMe” ilovalari orqali to‘lanishi mumkin. 

Rustam Asqarov,
Toshkent viloyati IIB YHXB matbuot guruhi inspektori 

Ko‘proq yangiliklar: