Navoiy viloyatining 3 ta davlat soliq inspeksiyasida yangi rahbarlar ish boshladi

Jamiyat 21:02 / 20.05.2019 7602

Navoiy viloyatining Navoiy va Zarafshon shaharlari hamda Uchquduq tumani davlat soliq inspeksiyalariga rahbarlar tayinlandi. Bu haqda DSQ matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, Husniddin Nurmatov Navoiy shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Husniddin Nurmatov 1976 yilda Navoiy viloyatida tug‘ilgan. 2007 yili Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. U soliq tizimidagi faoliyatini Navoiy viloyati Navoiy tumani davlat soliq inspeksiyasida davlat soliq inspektori lavozimida boshlagan. Shu kungacha esa, Navoiy viloyati Zarafshon shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

Alisher Ahmedov Zarafshon shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Alisher Ahmedov 1981 yilda Navoiy viloyatida tug‘ilgan. 2010 yili Navoiy davlat pedagogika institutini, 2012 yili Soliq akademiyasini tamomlagan. U soliq tizimidagi faoliyatini Navoiy viloyati Karmana tumani davlat soliq inspeksiyasi xodimi lavozimida boshlagan. Yangi lavozimga tayinlanguniga qadar u Navoiy viloyati Navbahor tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan. 

Shuningdek, O‘tkir Shodiyev Uchquduq tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.

O‘tkir Shodiyev 1970 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. 1994 yili Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan. U soliq tizimidagi faoliyatini Navoiy viloyati Xatirchi tumani davlat soliq inspeksiyasida davlat soliq inspektori lavozimida boshlagan. U yangi lavozimda ish boshlaguniga qadar Navoiy viloyati Navoiy shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Ko‘proq yangiliklar: