2019 yil 13 may kuni “Qoradori-2019” keng qamrovli tadbiri o‘tkazilgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.
Uning davomida Jizzax viloyatining Paxtakor tumanida “GAZ-53” rusumli yuk avtomashinasida yo‘lovchi sifatida o‘zi bilan 8 kg. 327 gr. “marixuana” giyohvandlik moddasini olib ketayotgan Oltinko‘l mahallasida yashovchi 27 yoshli J.S. qo‘lga olindi.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.