Yo‘qolib qolgan buxorolik maktab o‘quvchilari Samarqanddan topildi

Jamiyat 08:00 / 19.05.2019 52277

Kun.uz saytida 16 may kuni Buxoro viloyati, Vobkent tumanida 2004 yilda tug‘ilgan Tillayev Sardorbek Sohib o‘g‘li va 2001 yilda tug‘ilgan Shodmonova Setora Sohib qizi 2019 yilning 7 may kuni soat 10:00larda o‘zi tahsil olib kelayotgan 5-umumiy o‘rta ta'lim maktabdan chiqib ketib, bedarak yo‘qolgani haqida xabar berilgan edi.

Qayd etilishicha, bu ikki o‘quvchining bir-biriga qarindoshchiligi yo‘q. Ma'lumotlarga ko‘ra, ular maktabdan birga chiqib ketishgan.

Vobkent tumani ichki ishlar bo‘limining tahririyatga ma'lum qilishicha, olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari natijasida Vobkent tumanida yashovchi bedarak yo‘qolgan S.Shodmonova va S.Tillayev 2019 yil 17 may kuni Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on tumani hududida topilib, ota-onasi bag‘riga sog‘-salomat qaytarildi. 

Surishtiruv davomida bu ikki o‘quvchi bilan suhbatlashilganda, ular ota-onalari qarshilik qilishini taxmin qilib, hech kimga ma'lum qilmasdan Samarqand viloyatiga aylanish maqsadida ketganini bildirishgan.

Ko‘proq yangiliklar: