Kunduzi yoniq bo‘lgan yoritgichlar natijasida YTHlar 25 foizga kamaydi - IIBB

Jamiyat 00:39 / 19.05.2019 25732

Toshkent shahar IIBB kunduz vaqtida yaqinni yorituvchi yoritgichlarni yoki kunduzgi signal chiroqlarini yoqish talabiga rioya qilish natijasida poytaxtda yo‘l-transport hodisalari kamayganini ma'lum qildi.

“Yo‘l harakati qoidalariga joriy yilning 10 aprel kunidan kiritilgan kunduz vaqtida yaqinni yorituvchi yoritgichlarni yoki kunduzgi signal chiroqlarini yoqish talabiga, ushbu talabga amal qilish muhimligini anglayotgan o‘rtacha 20-30 foiz qonunni hurmat qiladigan haydovchilar va piyodalar rioya qilishni boshlashdi. Natijada Toshkentda yo‘l-transport hodisalari kamaygani, shu jumladan piyodalarni urib yuborish bilan bog‘liq bo‘lgan YTHlar kamaygani kuzatilmoqda”, deyiladi Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi saytida e'lon qilingan tahlilda.

Ma'lumotlarga ko‘ra, 2018 yilning 10 aprelidan 17 may kunigacha 153 ta, 2019 yilning 10 aprelidan 17 may kunigacha 108 ta YTH sodir bo‘lgan.  Qayd etilishicha, YTH soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 45 taga kamaygan.

Shulardan piyodalarni urib yuborish bilan bog‘liq YTH: 2018 yilning 10 aprelidan 17 may kunigacha – 75 ta holat, 2019 yilning 10 aprelidan 17 may kunigacha – 37 ta holat qayd etilgan. Natija: piyodalarni urib yuborish bilan bog‘liq YTH soni 38 taga kamaygan.

Ta'kidlanishicha, ba'zi haydovchilar biror-bir harakatni amalga oshirishdan oldin yon yoki orqani ko‘rsatuvchi oynalarga qaramasliklarini inobatga olgan holda yangi talabning asosiy maqsadi haydovchilar bir-birlarini ko‘rishlaridadir, orqada yonib turgan yorug‘likni esa payqamaslikning iloji yo‘q. 

“Piyodalar uchun ham kunduzgi signal chiroqlari yoniq bo‘lgan avtomobil, shu jumladan kunduz kuni ham sezilarliroq bo‘ldi. Deputatlar ilgaridan, kunduz vaqtida yaqinni yorituvchi yoritgichlarni yoki kunduzgi signal chiroqlarini yoqish talabi kirituvchi qonunni tasdiqlayotganlarida haq bo‘lishgan. Maqsad – ko‘proq yo‘l harakati ishtirokchilarining hayot va sog‘liqlarini saqlab qolishda bo‘lgan. Joriy yilning 10 aprel kunidan 17 maygacha bo‘lgan muddatda YTH soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 29,3%ga kamaygani ushbu talab to‘g‘ri bo‘lganligidan dalolatdir.
Yo‘l-transport hodisalarining kamayishi kuzatilmoqda. Piching va hazil-mutoyibalarni bir chetga surib, bir oz o‘ylab ko‘rishni so‘raymiz: insonlarning hayot va sog‘liqlari qadrliroq!”, deyiladi poytaxt IIBB tomonidan.

Ko‘proq yangiliklar: