Zangiotada yoshi ulug‘ ayolni chuv tushirgan firibgar qo‘lga olindi - IIV

Jamiyat 09:56 / 18.05.2019 3864

2019 yil 16 may kuni Toshkent viloyatining IIBga hujjatlar tushgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.

Ularga ko‘ra, Samarqand viloyati Past Darg‘om tumanida yashovchi 25 yoshli B.M. Zangiota tumanida yashovchi 66 yoshli A.T. ismli ayolga birgalikda tadbirkorlik bilan shug‘ullanishlikni aytib, aldov yo‘li bilan unga tegishli bo‘lgan uyni qonuniy tarzda 32 000 AQSh dollariga sotgan va va'dasini bajarmay pullarni o‘z ehtiyoji yo‘lida ishlatib yuborgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, B.M. qo‘lga olingan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: