Toshkent shahridagi ayrim ko‘chalar vaqtincha yopiladi

Jamiyat 14:30 / 17.05.2019 14213

2019 yilning 18 may kuni Uchtepa tumanida Yoshlar marafoni o‘tkaziladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, shu munosabat bilan Farhod va Ali Qushchi ko‘chalari chorrahasidan Farhod  ko‘chasi bo‘ylab Lutfiy ko‘chasiga, Katta Xirmontepa ko‘chasining Farhod ko‘chasidan Shirin ko‘chasigacha bo‘lgan qismida soat 7:30 dan 08:30 ga qadar barcha turdagi transport vositalari harakati vaqtincha to‘xtatiladi.

“Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz”, - deyiladi poytaxt hokimligi xabarida.

Ko‘proq yangiliklar: