O‘zbekistonning barcha hududlarida zargarlik savdo-ishlab chiqarish markazlari tashkil etiladi

O‘zbekiston 18:21 / 17.05.2019 4094

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatda zargarlik tarmog‘ini jadallik bilan rivojlantirishga oid farmoniga muvofiq, respublikaning barcha hududlarida zargarlik savdo-ishlab chiqarish markazlari tashkil etiladi.

Hujjatda ko‘rsatilishicha, 2020 yil oxiriga qadar har bir viloyatda ikkitadan kam bo‘lmagan, Toshkent shahrida esa o‘ntadan kam bo‘lmagan zamonaviy zargarlik savdo-ishlab chiqarish markazlari tashkil etiladi. Mazkur markazlar tayyor zargarlik mahsulotlarini ishlab chiqarishdan boshlab sotishgacha bo‘lgan jarayonlarni o‘z ichiga oladi.

Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda zamonaviy zargarlik savdo-ishlab chiqarish markazlarini tashkil etish jadvali, ularning joylashuv o‘rni, moliyaviy manbalari, zargarlik mahsulotlarini ishlab chiqarish (sotish) hajmlarini tasdiqlashni ko‘zda tutuvchi hukumat qarorini qabul qilishi belgilandi.

Shuningdek, hujjatga muvofiq, «O‘zbekzargarsanoati» assotsiatsiyasi huzurida zargarlik tarmog‘ini rivojlantirish fondi tashkil etiladi.

Ko‘proq yangiliklar: