Yuk mashinasiga ortilgan 720,5 million so‘mlik televizorlar fosh etildi

Jamiyat 12:15 / 15.05.2019 12603

Bojxonachilar tovar-moddiy boyliklarini noqonuniy olib kirilishiga qarshi samarali kurash olib bormoqdalar. 

Jumladan, Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida “Qo‘qon-Toshkent” yo‘nalishida harakatlanayotgan fuqaro T.S boshqaruvidagi “MAN” rusumli yuk avtomashinasi to‘xtatilib, belgilangan tartibda xolislar ishtirokida tekshirildi.

Natijada, avtomashinada 2 xil turdagi qiymati 11,3 million so‘mlik elektr plita va ventilyatorlar ortiga 138 dona qiymati 720,5 million so‘mlik xorijda ishlab chiqarilgan va tegishli hujjatlari bo‘lmagan televizorlar borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: