Tadbirkorlarning bosh vazir qabulxonalariga murojaatlarini «pastga tushirish» taqiqlandi

O‘zbekiston 12:10 / 15.05.2019 19978

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.

Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalarini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifga rozilik berildi.

Belgilanishicha:

Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalarida tadbirkorlarning davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, nazorat qiluvchi va huquqni muhofaza qiluvchi tuzilmalar, shuningdek, boshqa tashkilotlar mansabdor shaxslarining harakati (harakatsizligi) yuzasidan murojaatlari ko‘rib chiqiladi;

qarori yoki harakati (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilinayotgan tashkilotlarning mansabdor shaxslariga murojaatlarni ko‘rib chiqish uchun asossiz topshirish taqiqlanadi;

Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalari o‘z faoliyatini Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlardagi Tadbirkorlikka ko‘maklashish markazlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi va uning hududiy markazlari bilan yaqin hamkorlikda amalga oshiradi;

Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalari hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektorlari, davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda tadbirkorlik sub'yektlarining muammolarini aniqlaydilar va ularning hal etilishini ta'minlaydilar;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlardagi Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalari sektorlar va hududiy tashkilotlar rahbarlarining tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta'minlash bo‘yicha faoliyati to‘g‘risidagi axborotni har chorakda tegishli xalq deputatlari Kengashi majlislarida muhokama qilish uchun kiritadilar, ushbu axborot bo‘yicha mas'ul tashkilotlar rahbarlarining hisobotlari eshitiladi.

Ko‘proq yangiliklar: