Toshkentda issiq suv uchun «aqlli» hisoblagichlar o‘rnatish boshlanadi

Jamiyat 20:26 / 13.05.2019 7199

Toshkentda 2019 yilning mart-iyun oylarida issiq suv uchun intellektual hisoblagichlar o‘rnatish jarayoni o‘tkaziladi, deb xabar berdi shahar hokimligi matbuot xizmati.

Mazkur ish Toshkent shahar hokimligi, Uzcard milliy protsessing markazi, Toshissiquvvati DUK va Uzmeter hamkorligida amalga oshiriladi. 

Ayni paytda Mirzo Ulug‘bek tumanining «Darxon-3» mahallasi, Salor ko‘chasida
issiq suv uchun bunday hisoblagichlarni o‘rnatish bo‘yicha sinov loyihasi amalga oshirilmoqda.  

Smart Ruler intellektual o‘lchov uskunasi ko‘rsatkichlarni o‘lchash avtomatlashgan tizimining qismi hisoblanadi. U yuqori aniqlikdagi, avtonom, masofadan ma'lumot uzatuvchi zamonaviy qurilmadir.

Agarda uch oydan so‘ng sinov natijalari ijobiy bo‘lsa, ular barcha joyda o‘rnatiladi, deyiladi hokimlik tomonidan.

Ko‘proq yangiliklar: