Seuldagi yong‘inda halok bo‘lgan o‘zbekistonlik talabaning jasadi Toshkentga jo‘natildi

Jamiyat 07:48 / 13.05.2019 17920

O‘zbekistonning Koreya Respublikasidagi elchixonasi bergan ma'lumotga ko‘ra, 2019 yilning 9 may kuni Seul shahridagi kvartirada sodir bo‘lgan yong‘in natijasida halok bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi Farrux Mo‘minovning (1996 yilda tug‘ilgan) jasadi Toshkentga jo‘natildi.

Yong‘in chog‘ida ikkinchi darajali kuyish olgan talaba Mutal Yo‘ldoshev (1997 yilda tug‘ilgan) «Xanil» kasalxonasiga joylashtirilgan, unga malakali tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. 

TIV xabarida aytilishicha, 11 may kuni jabrlanuvchining otasi va akasi Seul shahriga yetib kelgan hamda M.Yo‘ldoshev ta'lim olgan «Xankuk» universiteti ko‘magida ularga yashash joyi borasida va boshqa masalalarni hal qilishda yordam ko‘rsatilgan.

Hozirgi paytda Janubiy Koreya tomoni yong‘inning barcha sabablarini aniqlash uchun tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: