«The Coca-Cola Company» (O‘zbekiston, Turkmaniston, Tojikiston) kompaniyasining yangi mintaqaviy direktori janob Shadab Axmed Xon kompaniyaning hududlardagi strategiyasi, faoliyatining asosiy tamoyillari, shuningdek, O‘zbekistondagi rivojlanish istiqbollari haqida aytib o‘tdi.
Shadab Ahmed Xon haqida qisqacha ma'lumot: Markaziy Osiyoda strategiyalar ishlab chiqish va “Coca-Cola” Bottlerlari bilan franchayzing bitimlari shartlarini bajarishni nazorat qilishga mas'uldir. O‘zining qariyb 20 yillik faoliyati davomida janob Xon Hindiston, Avstraliya, Shri-Lanka, Singapur, Nepal, Butan va Bangladeshdagi startaplarda, shuningdek, telekommunikatsiya, qadoqlangan oziq-ovqat va alkogolsiz ichimliklar sohasidagi ko‘p millatli kompaniyalarda ishlagan. O‘zbekistonga kelgunga qadar u “Coca-Cola” kompaniyasining Bangladeshdagi bo‘linmasini boshqargan. Uning so‘nggi yutuqlari orasida Dakka (Bangladesh) shahriga investitsiya kiritishni qo‘llab-quvvatlaganini ko‘rish mumkin.«Coca-Cola» bu shahardagi yangi ishlab chiqarish obektlariga deyarli 130 mln. AQSh dollari miqdorida sarmoya kiritdi va bu esa 2015-2017 yillarda mavjud ishlab chiqarish hajmini kengayishiga hissa qo‘shdi. Janob Xon “Coca-Cola” kompaniyasida 2007 yildan beri faoliyat olib boradi.
Qadrli janob Xon, siz Toshkentga yaqinda tashrif buyurdingiz. Birinchi taassurotlaringiz qanday?
O‘ziga xos magnitlangan shahar. Menga ko‘p asrlik tarix va turfa xil madaniyatlar birlashuvi yoqadi. Uyg‘unlik deyarli har bir narsada mavjud: taomlarda, arxitekturada, hayot tarzida, modada... O‘zbekiston va Toshkentning mana shu xususiyatlari meni yanada ko‘proq ilhomlantirmoqda. Shahar shiddatli qayta tiklanish bosqichini bosib o‘tmoqda va men uning yaqin kelajakda qanchalik zamonaviy bo‘lishini tasavvur qilyapman. Biroq umid qilamanki, shu bilan birga u o‘z tarixiy jozibasini yo‘qotmaydi.
O‘zingiz haqingizda biroz to‘xtalib o‘tsangiz.
Men Hindistonda, Bangalorda tug‘ilganman. Men oilada uch aka-uka orasida eng kattasiman. Osiyo va Avstraliya bo‘ylab uzoq safardan so‘ng 2014 yilda men «Coca-Cola Bangladesh»da yangi lavozimga ko‘tarildim va shu yerda o‘z muhabbatim- Noushinni uchratdim. Men rafiqam bilan ikki yildan beri birgaman. U yaqindagina besh oylik o‘g‘limiz bilan Toshkentga ko‘chib o‘tdi. Ularga ham bu shahar juda yoqdi.
Coca-Cola’dagi ishingizda sizni nima ko‘proq o‘ziga tortadi?
Bu -buyuk meros va qariyb bir yarim asrlik tarixga ega kompaniya. Shu bilan birga u juda ham zamonaviy va nafaqat o‘z sanoatida «moda qonunchisi» sanaladi.Bizning biznes dinamikaga boy, Coca-Cola kompaniyasida ishlashning eng asosiy afzalligi doimiy o‘sish va rivojlanish imkoniyati mavjudligidadir. Hattoki, 20 yillik faoliyatdan so‘ng ham siz muntazam ravishda izlanishda bo‘lasiz va qandaydir yangilikni o‘rganasiz.
Har bir kompaniyaning o‘ziga xos ish xususiyatlari mavjud. «The Coca-Cola Company»da qanday xususiyatlari bor?
Coca-Cola aslida dunyodagi eng yirik franchayzing tizimga ega kompaniyalardan biri ekanligini hamma ham bilmaydi. Amerika «The Coca-Cola Company»si savdo belgilariga ega va bozorlarda brendlarning strategik rivojlanishi bilan shug‘ullanadi. Uning hamkorlari-bottlerlar litsenziya bo‘yicha ishlaydigan zavod egalari hisoblanadi. Ular «TheCoca-ColaCompany»dan sotib olingan siroplardan ichimlik ishlab chiqarishadi va tarqatish hamda savdoni rivojlantirishga javob berishadi. «The Coca-Cola Company»o‘z hamkor-bottlerlari bilan birga «Coca-Cola» franchayzing tizimini shakllantiradi.
«Coca-Cola» tizimi sayyoramizdagi eng yirik alkogolsiz ichimlik ishlab chiqaruvchi sanaladi va ikki davlatdan tashqari (Kubava Shimoliy Koreya) dunyoning barcha mamlakatlarida faoliyat olib boradi. Har kuni insonlar kompaniya ichimliklarining 1,9 milliard qismini iste'mol qilishadi.
«The Coca-Cola Company»ning brendlarni targ‘ib qilish bo‘yicha harakatlari idishlarni to‘ldirish bo‘yicha hamkorlarimizsiz zoye ketadi. Dunyoda 300ga yaqin bottlerlar mavjud, deyarli barchasi «The Coca-Cola Company»dan mustaqil bo‘lgan korxonalar bo‘lib, ishlab chiqarishdagi asosiy ulush aksariyati fond birjalarida ro‘yxatga olingan katta transmilliy kompaniyalarga tegishli.
Hamkor-bottlerlaringiz haqida ham gapirib o‘tsangiz. Coca-Cola muvaffaqiyatida ularning hissasi qanday?
Biz franchayzing tizim hisoblanamiz. Bizning bottlerlarimizga ma'lum geografik hududlarda «The Coca-Cola Company» savdo belgisi bilan mahsulotlarni idishlarga to‘ldirish va sotishga ruxsat beruvchi mutlaq huquq berilgan. Shu tariqa, bizning kompaniya samaradorligi bizning bottlerlar bilan munosabatlarimiz mustahkamligiga bog‘liq bo‘ladi. Franchayzing munosabatlarni boshqarish uchun geografik diqqat markazga ega bo‘lish kerak. Shu sababli bizning tashkilot birinchi navbatda geografikdir.
Mahalliy bozorlarda raqobat kuchayganligi sababli jahon bozorining ish strukturasi jadal tarzda o‘zgarib bormoqda, biz bir narsani yoddan chiqarmasligimiz kerak, bugungi kunda birinchi bo‘lish umrbod yetakchilikni kafolatlamaydi. Yirik bozorlarda ko‘p yillik ish natijasida yuqori professional mutaxassislik, shuningdek, tamoyil va qoidalar, standart va qonunlarga amal qilish bizning mahsulotni to‘ldirish bo‘yicha yetakchi hamkorlarimizni «The Coca-Cola System» tizimining kuchli dvigateliga aylantiradi va bizning kompaniyamiz bilan bog‘liq tarmoqlar uchun yuqori standartlarni belgilaydi hamda mamlakat iqtisodiyotining asosiy ko‘rsatkichlarini oshirishga yordam beradi. Biz mamlakatlarda Coca-Cola tizimining iqtisodiy-ijtimoiy ta'sirini o‘rganuvchi tadqiqotlar o‘tkazamiz. Masalan, dunyodagi eng yirik bottlerlardan biri bo‘lgan -«Coca-Cola Içecek» Qozog‘istondagi hamkorimiz sanaladi, operatsiyalarimizning davlat multiplikatoriga ta'siri12ga teng. Ya'ni Coca-Cola’dagi bitta ish joyi tegishli sohalarda 12 ish o‘rnini yaratishga hissa qo‘shadi.
Oqilona investitsiya, birlashish va savdoni yuritish tizimda yanada yuqoriroq darajalarga erishishga va yaqinda ikki bottlerlarning integratsiyalashuvi bozorda yetakchilikni kuchaytirgan hamda mijozlar, iste'molchilar ehtiyoji tovush tezligi kabi o‘zgarib boradigan Yaponiya kabi murakkab bozorlarda yetakchilikni saqlab qolishga yordam beradi. O‘z ajdodlarining deyarli 60 yillik tajribasini meros qilib olgan yangi «Coca-Cola Bottlers Japan Inc.» endilikda 110 million iste'molchilarga yaxshiroq xizmat qilishga va 10 mlrd. AQSh dollari miqdorida yillik daromad olishga muvaffaq bo‘lmoqda. Har yili Yaponiyadagi «Coca-Cola» tizimi qahva va choydan tortib, sharbat va gazlangan ichimliklargacha turli toifadagi qariyb 100ga yaqin yangi mahsulotlarni ishlab chiqaradi.
So‘nggi 20 yil ichida «Coca-Cola» tizimida mintaqaviy birlashish va savdoni yo‘lga qo‘yish muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Jahonning omadli va yirik bottlerlari mintaqaviy miqyosda ishlaydi. Bu bizga ta'minot zanjirini mustahkamlashga, keng ko‘lamli iqtisodiyot muammolarini yechishga, bozorni kengaytirishga, ichki mintaqaviy savdo va eksportni tezlashtirishga, shuningdek, sohada yetakchi hisoblangan bottlerlarning ko‘p yillik tajribasidan foydalanishga imkon beradi. Mazkur yondoshuv amaliyotimizda global va mahalliy to‘g‘ri uyg‘unlikni topishga yordam beradi. Coca-Cola brendi global bo‘lib, biroq u mahalliy shart-sharoitlarni hisobga olishi, ayni vaqtda jahon miqyosida sanoatni jadal rivojlanishi bilan hamqadam bo‘lishi kerak.
Yorqin misollardan biri – 1969 yil Gretsiyada tashkil etilgan «Coca-Cola Hellenic Bottling Company» bo‘lib, hozir umumiy aholisi 585 millionga yaqin bo‘lgan 28 davlatda faoliyat yuritadi va yiliga 11 milliard litrdan ortiq ichimliklarni sotadi. Yana bir yirik mintaqaviy bottler14 mlrd. litr yillik savdo hajmi bilan G‘arbiy Yevropaning 13 mamlakatida ish olib boruvchi «Coca-Cola European Partners» sanaladi. Deyarli 7 mlrd. litr yillik savdo hajmiga ega Turkiyaning «Coca-Cola Içecek» (CCI) 10 mamlakat, jumladan, Turkiya, Pokiston, Ozarboyjon, Iroq, Iordaniya, Suriya va Markaziy Osiyoning yana 4 davlatida 400 milliondan ortiq kishilarning ehtiyojini qondiradi. CCI rivojlanayotgan iqtisodiyotga ega bozorlarda faoliyat yuritishiga qaramay, u jahon bo‘ylab Coca-Cola tizimidagi kattaligi jihatdan oltinchi yirik bottler hisoblanadi. U ishlaydigan bozorlar gullab-yashnamoqda. Masalan, 18 million aholiga ega Qozog‘istonda biz 33 million kishilik aholidan iborat O‘zbekistonga nisbatan eng kamida ikki barobar ko‘proq mahsulot sotamiz. Shuningdek, CCI Kozog‘iston mahsulotlari Qirg‘iziston va Tojikistonga eksport qilinadi.CCIPokiston bozoriga 2008 yilda kirib keldi va o‘tgan 10 yil davomida modernizatsiya qilish va zavodlar qurish (Pokistonda 6 zavod qurildi, ulardan eng oxirgisi 2018 yil Faysalobodda ochildi), distributsiyani takomillashtirishdan boshlab, ichimliklar turi va ijtimoiy loyihalar sonini kengaytirishgacha ulkan ishlarni amalga oshirdi. Besh yil ichida CCI ichimliklarning barcha sohasi o‘sishiga yordam berdi.
Sizda judayam ajoyib tajriba bor, avval ishlagan bozorlaringiz oddiy emas. Asosan qanday qiyinchiliklarni yengib o‘tishga to‘g‘ri kelgan?
Coca-Cola’dagi faoliyatim mobaynida har biri o‘ziga xos bo‘lgan turli xildagi bozorlarda ishlash sharafiga muyassar bo‘ldim. Millard aholi va to‘ldirish bo‘yicha 14 hamkorga ega Hindistonda ishlash juda qiyin bo‘lgan. Hindistonda 22 rasmiy til va kamchiliklar hamda madaniyat, an'analardagi farqlar mavjud– bejiz Hindistonda taomlar, til va madaniyat har 100 km.da o‘zgaraveradi deb aytishmaydi. Shu sababli Hindistonda turli bozor iste'molchilarini birlashtiruvchi marketing aloqalarini rivojlantirish juda murakkab. Shuningdek, joyidan qat'i nazar – xoh bu Rojaston, Korbett milliy bog‘ o‘rmonlari yoki Goya sohillari bo‘lsin, millionlab chakana sotuvchilar orqali ichimliklarni yetkazib berish va sotish juda mushkul. Mening Hindiston va Shri-Lankadagi rolim Mishlen restoranlari va besh yulduzli mehmonxonalardan tortib, kichik qishloq hamda chekka hududlardagi iste'molchilar bila ishlash va tashkiliy yetkazib berishni ta'minlash uchun mamlakat bo‘ylab bir necha bottlerlar guruhi bilan ishlashni talab qilgan. Umid qilamanki,o‘z tajribam bilan O‘zbekistondagi hamkor-bottlerlar orqali mehmonxona-restoranlar va boshqa tarmoqlarda samarador distributsiya rivojiga hissa qo‘shaman.
Nepal va Butandagi bosh direktorlik lavozimi natijalarni ko‘zlagan holda biznes yaratishga o‘rgatdi. Nepal murakkab tog‘li tumanlarda mahsulot tarqatish va targ‘ib qilish uchun ko‘p narsani o‘rgantdi. Bugungi kunda shuni faxr bilan ayta olamanki, Coca-Cola ushbu mamlakatda iste'mol tovarlari ishlab chiqarish bo‘yicha eng yirik kompaniyalardan biri sanaladi. Shuningdek, Nepal kelajakni bashorat qilish va puxta reja tuzish ahamiyatini ham o‘rgatdi. Butan esa ichki milliy baxt (IMB)ga qaratilgan ajoyib e'tibor –1972 yilda kiritilgan konsepsiya bilan menga barqaror va oqilona ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish hamda atrof-muhit muhofazasi muhimligini o‘rgatdi. Men suv resurslarini asrash va ulardan oqilona foydalanish, ayollar huquqlari va imkoniyatlarini kengaytirish, plastik chiqindilarni qayta ishlash, Sherpa assotsiatsiyasining Everestni chiqindilardan tozalash loyihasi va boshqa dasturlar bo‘yicha barqaror rivojlanishning ko‘p sonli loyihalarida ishtirok etganimdan faxrlanaman.
Bangladeshdagi faoliyatim davrida «Coca-Cola» bottleri yangi zavod qurilishi va to‘ldirish bo‘yicha mavjud operatsiyalarni kengashtirish uchun 120 million AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritdi. 2010 yilda 20ga yaqin turli ichimlik ishlab chiqaruvchilar mavjud yuqori raqobatli bozorda «Coca-Cola» oltinchi o‘rinni egalladi. So‘nggi uch yil ichida «Coca-Cola» 3-o‘ringa chiqdi va nasib qilsa, 2021 yilga kelib bozor yetakchisiga aylanadi.
O‘zbekistonda qanday muammo va imkoniyatlarni ko‘rmoqdasiz?
«The Coca-Cola Company» sobiq boshqaruv raisi Robert Vudraf 1923 yilda Coca-Cola doimo «qo‘l uzatilganda olishga qulay» bo‘lishi kerak deb aytgan edi, hozirda bu 100 yil ilgarigidek juda dolzarb. Bizning O‘zbekistondagi asosiy vazifamiz – to‘ldirish bo‘yicha hamkorlar bilan birgalikda mahsulotlarimiz -Coca-Cola, Sprite, Fanta, BonAquaWater,FuseTea va biz kelajakda ishlab chiqaruvchi boshqa ichimliklar bu go‘zal mamlakatdagi har bir kishiga osonlik bilan yetib borishini ta'minlashdir.
Bir necha bozorlarda turli tajribaga ega bo‘lgan holda men brendni rivojlantirish va «Coca-Cola Ichimligi O‘zbekiston» hamkor-bottlerlarimiz bilan birgalikdagi ishda katta salohiyat borligini sezyapman. Aminmanki, mening tajribam O‘zbekiston bozori uchun foydali bo‘ladi.
O‘zbekistonda ulkan salohiyat mavjud va ishonamizki, u o‘zini Markaziy Osiyodagi yetakchi davlat sifatida tanita oladi. So‘nggi islohotlarni hisobga olgan holda bizning Toshkentdagi ofisimiz mintaqaviy maqomga ega bo‘ladi.