Adliya vazirligi ta'lim oluvchilar telefondan qanday holatlarda foydalanishi mumkinligini eslatdi

Jamiyat 08:11 / 13.05.2019 10713

Adliya vazirligi o‘quvchilar telefonlardan universitetlar hamda maktablarda qanday holatlarda foydalanishi mumkinligi bo‘yicha eslatma bilan chiqdi.

«Ta'lim oluvchilarga mashg‘ulotlar va tadbirlar oralig‘ida faqat asosli va kechiktirib bo‘lmaydigan zarur holatlarda ota-onasi, yaqin qarindoshlari, maktab rahbarlari yoki xodimlari bilan zudlik bilan bog‘lanish maqsadida telefonlardan foydalanishga (qo‘ng‘iroq qilishga, SMS, MMS, GPRS jo‘natishga, Bluetooth, Internet va shu kabilar xizmatidan foydalanishga) ruxsat etiladi», - deyiladi vazirlik eslatmasida.

Mashg‘ulotlar va turli tadbirlar oralig‘ida telefon orqali so‘zlashish uchun xonadan yo‘lakka yoki foyega chiqish, past ovozda va qisqa muloqot qilish zarur.

Ko‘proq yangiliklar: