Joriy yil 9 may kuni Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tuman prokuraturasidan hujjatlar tushgan, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.
Ularga ko‘ra, 2019 yil 20 aprel kuni Lutfikor mahallasida yashovchi 32 yoshli V.N. murojaat qilib, 2018 yil sentabr oyida S.Sheroziy mahallasida yashovchi 56 yoshli A.R. unga o‘zining 33 yoshli tanishi J.R. orqali Lutfikor mahallasida joylashgan 0,5 gektar yer maydonining hujjatlarini 3 750 AQSh dollariga uning nomiga rasmiylashtirib berishini aytib, so‘ng kelishilgan pulning 15 mln. so‘mini A.R. va qolgan 2 000 AQSh dollarini J.R. olganligini bildirib va'dasini bajarmaganligini va ularga qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
Ko‘rilgan choralar natijasida A.R. va J.R.lar qo‘lga olingan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.