TIV Rossiyada pasporti olib qo‘yilib, ish haqi to‘lanmagan o‘zbekka yordam berdi

O‘zbekiston 08:24 / 11.05.2019 9785

2019 yilning 27 aprel kuni mamlakatning Vladivostok shahridagi bosh konsulxonasiga ish haqi va pasportini qaytarishda yordam so‘rab O‘zbekiston fuqarosi U.Abduvaliyev telefon orqali murojaat qildi, deb xabar bermoqda TIV.

Aniqlanishicha, ushbu fuqaro 2018 yil noyabr oyida Amur oblasti kelib ishga joylashgan va joriy yilning mart oyiga qadar hech qanday muammoga duch kelmagan. Lekin mart oyida ish beruvchi bilan kelishmovchilik tufayli unga oylik to‘lashmagan, pasportini qaytarib berishni rad qilishib, o‘z harakatlarini mehnat patenti rasmiylashtirilgani uchun U.Abduvaliyevning qarzdor ekanligi bilan izohlashgan.

Bir necha marta muzokaralar o‘tkazib, bosh konsulxona mazkur masalani ijobiy hal etishga muvaffaq bo‘ldi. Natijada U.Abduvaliyevga pasporti va ushlab qolingan ish haqi qaytarildi. Hamyurtimiz temir yo‘l chiptasini sotib olib 10 may kuni tunda vatanga yo‘l oldi.

Konsullik-huquqiy departamenti eslatishicha, Rossiyaning Uzoq sharq federal okrugi (Amur oblasti, Kamchatka o‘lkasi, Magadan oblasti, Primore o‘lkasi, Saxa Respublikasi (Yoqutiston), Saxalin oblasti, Yahudiy avtonom oblasti, Xabarovsk o‘lkasi, Chukotka avtonom okrugi) hududida joylashgan fuqarolar zarur vaziyatlarda mamlakatning Vladivostok oblastidagi bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkin: +7-423-260-48-00, +7-951-018-70-07.

Ko‘proq yangiliklar: