Señor & Señorita «30+50» aksiyasini e'lon qiladi

Jamiyat 10:00 / 11.05.2019 12065

11-maydan 15-mayga qadar Señor & Señorita xonadon shinamligi do‘konlarida “Penelope” brendining yostiq va ko‘rpalariga “30+50” aksiyasi amal qiladi. Endi ushbu to‘shak buyumlarini xarid qilish yanada arzon va qulay bo‘ldi.

Aksiyaning mohiyati quyidagicha: siz ikkita yostiqni xarid qilsangiz, 30% chegirmaga ega bo‘lasiz,undan keyingi ikkita yostiqlar xaridi uchun esa – 50% chegirmaga ega bo‘lasiz.

Ko‘rpalar xaridi undan-da osonroq, chunki bittasini xarid qilib – 30% chegirmaga, ikkinchisining xaridi uchun – 50% chegirmaga ega bo‘lasiz.

Nimaga aynan Penelope? Bu brend to‘shak mahsulotlarini yaratishda taniqli bo‘lib, uning mahsulotlarining sifatiga shubha yo‘q. Yostiq va ko‘rpalarning eng zamonaviy variantlari turli xildagi to‘ldiruvchi va qoplamalar yordamida tayyorlanadi. To‘ldiruvchi sifatida Penelope brendi pat, tensel, lateks ko‘pigi, ingliz juni, paxta, poliefir pufaklari yoki bambuk ishlatsa, qoplamalar mikrofibra, mikroplyush, paxta, jun, bambuk matosi yoki g‘ovak viskoelastikdan ishlab chiqariladi. Dam olish va uyqu paytida maksimal qulaylikni ta'minlash uchun mahsulotlarni yaratishda havo o‘tkazadigan gipoallergen matolar ishlatiladi.

Penelope assortimentida yostiq va ko‘rpalarning 65 xil turi taqdim etilgan – keling, tanlang va o‘z yumshoq qulayligingizni qulay narxda xarid qiling!

Biroq Señor & Señorita’da “30+50” aksiyasi shuning o‘zida tugab qolmaydi – 16-maydan 20-maygacha estafeta ovqatlanish anjomlariga (qoshiq-vilka to‘plamlari) beriladi.

Aksiya mohiyati o‘zgarmaydi – Siz birinchi serviz yoki ovqatlanish anjomlari to‘plamini 30% chegirma bilan xarid qilasiz, ikkinchisi uchun esa – 50% chegirmaga ega bo‘lasiz. Ushbu taklif o‘z sohasida yetakchi bo‘lgan ikkita brend– Karaca va Hisar oshxona buyumlariga amal qiladi.

Hisar o‘z mahsulotlarining sifati bilan mashhur bo‘lib, brendning idishlari kamida 100 yil davomida Sizga xizmat qilishi mumkin. Hisar’ning asosiy xususiyati nimadan iborat? Shubhasiz, dizayn – ko‘plab xalqaro mukofotlar buning aniq tasdig‘idir. Ushbu brendning ovqatlanish anjomlari – bu Sizning bayram dasturxoningizga kerak bo‘lgan orastalik va nafislikdir. Bundan tashqari, Hisar oshxona anjomlari uzoq vaqt ishlatilsa ham xiralashmaydi va o‘z ko‘rinishini saqlab qoladi, axir buyumlarning sayqallash jarayoni uchta nazorat darajasidan o‘tkaziladi va mukammal bo‘lishi uchun qo‘lda yakunlanadi. 

A'lo darajadagi sifat, ixcham dizayn, dunyoning turli mamlakatlaridagi do‘konlar, ko‘plab baxtli mijozlar va xalqaro sovrinlar... Bularning barchasi – Karaca brendidir. Besh kun davomida, 16-maydan 20-maygacha, ushbu brend mahsulotlarining chiroyini baholashingiz va nozik turk sifatini afzal ko‘radiganlar safiga qo‘shilish imkoniyatiga ega bo‘lishingiz mumkin.

Señor & Señorita – uydagi shinamlik shu yerdan boshlanadi!

Telefon raqami: 71 202 77 00

Do‘kon №1: Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Qoratosh ko‘chasi, 11A, MEDIAPARK bozori Qoratosh, 2-qavat.
Mo‘ljal: O‘zbekiston banklar Assotsiatsiyasi.

Do‘kon №2: Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani, Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasi, 105A, MEDIAPARK bozori Buyuk Ipak yo‘li, 2-qavat.
Mo‘ljal: “Sayohat” mehmonxonasi.

Señor & Señorita yangiliklarini va aksiyalarini ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarda o‘tkazib yubormang:

Telegram: t.me/senorandsenorita

Instagram: instagram.com/senorandsenorita

Facebook: fb.com/senorandsenorita

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: