IIV Farg‘onadagi qotillik bo‘yicha ma'lumot berdi

Jamiyat 09:17 / 11.05.2019 45905

2019 yil 8 may kuni Farg‘ona shahrida ikki fuqaro o‘rtasida janjal yuz bergan, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.

Ma'lum bo‘lishicha, shu shaharda yashovchi 51 yoshli A.K. Oriyat ko‘chasi oldida o‘zaro janjal oqibatida tanishi 43 yoshli A.E.ga pichoq bilan jarohat yetkazgan.

IIV xabariga ko‘ra, natijada A.E. kasalxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan. A.K. ushlangan. 

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: