Hindistonning eng boy odami o‘yinchoqlar do‘konlari tarmog‘ini sotib oldi

Foto: AP
Hindistonning eng boy odami, boyligi 44,5 mlrd dollarga baholanuvchi Mukesh Ambani Britaniyaning Hamleys o‘yinchoqlar do‘konlari tarmog‘ini sotib oldi. Financial Times nashrining xabar berishicha, bitim qiymati 88,5 mln dollarni tashkil qilgan.
Londonda 1760 yilda tadbirkor Uilyam Xemli tomonidan asos solingan Hamleys o‘zini dunyodagi eng qadimiy o‘yinchoqlar do‘koni deb ta'riflaydi. Tarmoqning 1881 yilda Londonning eng asosiy savdo ko‘chalaridan biri – Rijyent-stritda ochilgan bosh do‘koni 7 qavatdan iborat va diqqatga sazovor joy hisoblanadi.
Ayni vaqtda tarmoq 18 ta davlatda 150 dan ko‘proq do‘konga ega. Ulardan 30 tasi kompaniya mulki hisoblanadi, qolganlari franshiza shartlari bilan ishlaydi. Ambaniga tegishli Reliance xoldingi Hindistonda Hamleys brendi ostida savdo qiluvchi yuzga yaqin do‘konni boshqaradi.
Mavzuga oid

20:54 / 13.02.2025
Hindistonlik milliarder Mukesh Ambani oilasi Osiyoda eng badavlat deb topildi

23:28 / 23.10.2024
Mask Ambaniga qarshi: milliarderlar Hindistonda sun’iy yo‘ldosh interneti uchun kurashadi

17:48 / 13.07.2024
Hindistonda «asr to‘yi». Osiyoning eng badavlat insoni o‘g‘lini uylantiryapti

23:36 / 01.02.2023