Toshkent tibbiyot akademiyasiga yangi nom berish taklif etildi

Jamiyat 11:23 / 10.05.2019 20579

“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida Toshkent tibbiyot akademiyasiga Abu Ali ibn Sino nomini berish haqida petitsiya e'lon qilindi.

“Abu Ali ibn Sino bobomiz jahon tibbiyot fani rivojiga tamal toshini qo‘ygan, uning bugungi rivoji uchun barcha nazariy va amaliy asoslarni yaratgan olim sifatida butun dunyoga ma'lum. Hattoki, bugungi kundagi murakkab jarrohlik amaliyotlari va davolash jarayonlari Ibn Sinoning ko‘rsatmalariga asoslangan holda o‘tkaziladi”, - deyiladi murojaatda. 

Bildirilishicha, dunyoning eng rivojlangan mamlakatlaridagi tibbiyot ta'lim muassasalarida Abu Ali ibn Sinoga alohida e'tibor ko‘rsatilib, e'zozlanadi.

“Shu sababli, Toshkent tibbiyot akademiyasiga Abu Ali ibn Sino nomini berishni taklif qilamiz”, - deb yozadi petitsiya muallifi.

Ko‘proq yangiliklar: