Kichik biznesni nimadan boshlash kerak?

Jamiyat 11:18 / 10.05.2019 31080

Kichik biznesni nimadan boshlash mumkin? Qanday qilib oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish kerak? Hozirda bu kabi savollarga javob berish uchun  yurtimizda barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Davlat hukumati tomonidan ham tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan bir qancha qonunlar va qonunosti hujjatlar qabul kilingan.

Bugungi kunda biznesni boshlash juda oson. Hattoki, dastlabki moliyani kiritish uchun banklardan osongina pul mablag‘larini ham olish imkoni mavjud. Tajriba shuni ko‘rsatadiki, qandolatchilik va kichik qahvaxona ochish – biznes uchun eng hayrli va sermahsul yo‘nalishlardan biri sanaladi.

O‘zbekistonda ham aynan shu soha jadal rivojlanib bormoqda. Sababi, xalqimiz non va non mahsulotlari, shirinliklarni tanovul qilishga, turli xildagi mazali pishiriqlarni yaqinlariga ulashishga odatlangan.

Mazkur biznes turi nafaqat poytaxtda, balki respublikaning boshqa hududlarida ham ommalashmoqda. Shunday ekan, ikkilanishga qaramay, darhol o‘z biznesingizni boshlashga kirishing. Bunda eng avvalo, qandolat mahsulotlarini maromiga yetkazib pishirishda texnik qurilmalar tanloviga alohida e'tibor berish zarur.

Mini-pechlar – qandolat mahsulotlari ishlab chiqarishda eng kerakli vositadir. Hattoki, ayrim pechlar biz non pishiradigan tandirlar o‘rnini ham bemalol bosa oladi. Ko‘pchilik 25 yildan buyon o‘z mahsulotlari bilan nafaqat yurtimizda, balki xorij davlatlarida ham tanilgan «PGS» xususiy korxonasi haqida eshitmagan bo‘lsa kerak.

«PGS» maishiy turmush hamda kichik va o‘rta biznes rivoji uchun zarur bo‘lgan texnika vositalarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Kompaniya muvaffaqiyatining siri – mahsulot sifatiga qat'iy e'tibor hamda ekologik toza tarkibdan iboratligidadir.

O‘zimiznikidan qo‘ymasin!

Mahsulot tanlayotganda siz ularning ishlash xususiyatlariga ham e'tibor berasizmi? Ayrim xaridorlar uchun “chet eldan keltirilgan” so‘zi juda ham muhim. Biroq bu tushuncha allaqachon urfdan chiqqan. Sababi, hozirda mahsulotlarni bir-biriga qiyoslab, saralab olish maqsadga muvofiq.

Agar Germaniyada ishlab chiqarilgan pechlar 15-20 daqiqada qizisa, Turkiyaniki – 45, Rossiya pechlari esa 60 daqiqada qizishi mumkin. Bulardan farqli o‘laroq, «PGS» mini-pechlari xorij mahsulotlariga nisbatan anchayin tezroq, ya'ni 3-5 daqiqada qiziydi. Bu esa o‘z navbatida non mahsulotlari hamda pishiriqlarni tezda tayyorlash uchun juda ham qulay.

Yanada tejamkor biznes

Shuningdek, keramik isitish elementlari hamda mikro aerodinamikadan foydalanish hisobiga pechlar elektr quvvatini 30 foizgacha tejash imkonini beradi. Misol uchun, agarda siz non pishirmoqchi bo‘lsangiz, bunga bor-yo‘g‘i – 8,4 kVt/soat quvvat sarflanadi. Bu ko‘rsatkich xuddi shunday boshqa texnik mahsulotlarda anchayin katta energiyani talab etadi.

Hamyonbop narxlarda

Siz «PGS» mini-pechlarini juda ham yoqimli narxlarda xarid qilishingiz mumkin. Shuningdek, ta'mirlash kerak bo‘lsa, ovora bo‘lishga hojat qolmaydi. Kompaniyaning servis markazi istalgan vaqtda mahsulotni ko‘zdan kechirib, ta'mirlashga ko‘maklashadi.

Sifatga kafolat beriladi!

«PGS» mini-pechlari 12 oy davomida hech qanday muammosiz xizmat qilishi kafolatlanadi. Hattoki, kafolat muddati tugaganidan keyin ham kompaniya mutaxassislari har qanday nosozlikni bartaraf etishga yordam berishadi. Siz mahsulotning yuqori sifati hamda chidamliligiga to‘liq ishonch hosil qilishingiz mumkin. Mana bir necha yillardan beri kompaniyaning doimiy mijozlari mahsulotlar sifatidan mamnun bo‘lib kelishmoqda.

Tanlovning xilma-xilligi

Hozirgi kunda «PGS» xususiy korxonasi mini-pechlarning beshinchi avlodini ishlab chiqarmoqda. 50dan ortiq pishiriq turlarini tayyorlashga mo‘ljallangan «PGS-020» ikki kamerali bo‘lib, unda bir vaqtning o‘zida ikkita taom, masalan shirmoy non hamda somsani pishirish mumkin. Bundan tashqari, u juda ham yengil va kichik hajmda bo‘lib, oshxonangizda kam joyni egallaydi.

Xonadon uchun ham munosib sovg‘a

Mini-pechlardan nafaqat restoranlar, kafelar, qahvaxonalar, qandolat kompaniyalari, balki oromgohlar, kasalxonalar, maktab va bog‘chalarda ham katta talab bilan foydalanilmoqda. Shuningdek, siz ularni xonadoningiz uchun ham sovg‘a sifatida xarid qilishingiz mumkin. «PGS» pechlari har kuni issiq va mazali non pishirishda uy bekalari uchun ajoyib yordamchi bo‘la oladi.

«PGS» mini-pechlarining xususiyatlari haqida uzoq va to‘xtovsiz gapirish mumkin. Biroq ming bor eshitgandan ko‘ra, bir bor ko‘rgan afzal deganlaridek, sizga ham sifatli, chidamli, xavfsiz, eng muhimi arzon xaridni amalga oshirishni maslahat beramiz.

Biznesni ishonchli va sinalgan mahsulotlar bilan boshlang!

Barcha mahsulotlar patentlangan va sertifikatga ega.

Manzil: 100081, Toshkent shahri, Gavhar ko‘chasi, 125-uy

Tel./faks: (+99871) 279-38-54, 279-25-23, 279-15-70

Mobil telefonlar: (+998 95) 169-78-51, 169-78-52, 169-78-53

Sayt: www.pgs.uz

E-mail: pgs4@yandex.ru

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: