Janubiy Koreyada yuz bergan yong‘in oqibatida o‘zbekistonlik talaba halok bo‘ldi

Jamiyat 14:55 / 10.05.2019 24063

O‘zbekistonning Koreya Respublikasidagi elchixonasi bergan ma'lumotlarga ko‘ra, 2019 yilning 9 may kuni ichida o‘zbekistonlik talabalar Mutal Yo‘ldoshev (1997 yilda tug‘ilgan) va Farrux Mo‘minov (1996 yilda tug‘ilgan) bo‘lgan Seul shahridagi kvartirada mahalliy vaqt bilan taxminan soat 14:30da yong‘in sodir bo‘lgan. 

TIV xabariga ko‘ra, natijada F.Mo‘minov voqea joyida vafot etgan. M.Yo‘ldoshev ikkinchi darajali kuyish jarohatini olgan va shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish uchun Xanil kasalxonasiga olib borilgan.

Konsul va yaqin do‘stlari ishtirokida marhumni aniqlash borasida amaliyot o‘tkazildi. Diplomatik vakolatxona vakillari M.Yo‘ldoshevning ahvolidan ham xabar oldi. Vrachlar bemorning holatini og‘ir deb baholamoqda, deyiladi xabarda.

Hozirda politsiya tomonidan yong‘in sabablarini va hodisaga sabab bo‘lgan boshqa barcha omillarni aniqlash uchun tergov olib borilmoqda.

O‘zbekiston fuqarolari bilan bog‘liq mazkur holatni elchixona nazoratda ushlab turibdi, Xanil kasalxonasi rahbariyati bilan muloqotda bo‘lib turibdi va fuqaromiz jasadini vatanga jo‘natish masalasi ustida ish olib bormoqda, deya yakunlanadi TIV xabari.

Ko‘proq yangiliklar: