«Xushnudbek.uz» Telegram kanali 1 yoshga to‘ldi

Jamiyat 22:40 / 09.05.2019 12370

Taniqli huquqshunos va bloger Xushnudbek Xudoyberdiyevning telegramdagi @xushnudbek kanali ochilganiga bir yil to‘ldi. 

Muallif o‘z o‘quvchilari uchun turli mavzularda kerakli ma'lumotlar, tavsiyalar va huquqiy maslahat berib kelmoqda.

Ayni damda 80 mingdan ortiq o‘quvchisi bor ushbu kanal o‘quvchilarning ko‘plab muammolarini yoritmoqda, aholining huquqiy savodxonligini oshirishga xizmat qilmoqda. 

Kun.uz jamoasi muallifni ilk yubiley bilan tabriklaydi va unga ijodiy muvaffaqiyatlar tilaydi.

Ko‘proq yangiliklar: