Qashqadaryo viloyatining Muborak tumanida 2019 yil 6 may kuni Koson tumanida yashovchi 46 yoshli X.B. Sho‘rsoy dala maydonida o‘zaro janjal oqibatida Koson tumanida yashovchi 73 yoshli H.M.ning boshiga tayoq bilan urib jarohat yetkazgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada H.M. kasalxonaga yotqizilgan. X.B. qo‘lga olingan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.