Elektr energetikasi sohasidagi faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi belgilandi
Lisenziyalash Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi tomonidan litsenziyalash va ruxsatnoma olish sohasida interaktiv xizmatlar ko‘rsatuvchi «Lisenziya» axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.

Hukumat qarori bilan «Elektr energetikasi sohasidagi faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risida»gi nizom tasdiqlandi.
Nizom elektr energetikasi sohasidagi faoliyat turlarini litsenziyalash, litsenziya to‘lovlarini hisoblash va to‘lash, lisenziatlar faoliyatini nazorat qilish va ularning hisobini yuritish tartib-taomillari va shartlarini belgilaydi.
Nizom «Elektr energetikasi to‘g‘risida»gi qonunida litsenziyalanishi belgilangan elektr energetikasi sohasidagi faoliyat turlariga (kichik turlariga) nisbatan tatbiq etiladi. Har bir litsenziya kichik turi uchun alohida litsenziya olinadi.
Nizom talablari quyidagilarga nisbatan tatbiq etilmaydi:
- yagona elektr energetikasi tizimiga ulanmagan holda elektr energiyasini ishlab chiqaruvchilarga;
- yagona elektr energetikasi tizimiga ulanmagan elektr energiyasini saqlash tizimlariga;
- quvvati 5 MVt dan kam bo‘lgan elektr stansiyalarda elektr energiyasini ishlab chiqaruvchilarga;
- o‘z ehtiyojlari uchun elektr energiyasini saqlashda ishlatiladigan elektr energiyasini saqlash uskunasidan foydalanuvchilarga.
Lisenziyalash Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi tomonidan litsenziyalash va ruxsatnoma olish sohasida interaktiv xizmatlar ko‘rsatuvchi «Lisenziya» axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.
Talabgor litsenziya olish uchun «Lisenziya» tizimi, davlat xizmatlari markazi yoki YaIDXP (my.gov.uz) orqali elektron shaklda belgilangan ma’lumotlarni ko‘rsatgan va qo‘shimcha hujjatlarni ilova qilgan holda ariza to‘ldiradi.
Mavzuga oid

16:17 / 03.05.2025
Toshkentda ruxsatsiz o‘rnatilgan reklama, banner va peshlavhalar olib tashlanmoqda

16:23 / 30.04.2025
Turagentlik faoliyati uchun litsenziya talabi bekor qilinadi

14:26 / 29.04.2025
Soliq kodeksiga tadbirkorlarni qo‘llashga qaratilgan qo‘shimchalar kiritilmoqda

10:20 / 23.04.2025