Departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.
Unda fuqarolar A.B., Q.D. va M.Sh. “Imperator Nikolay-I” tamg‘ali 10 nominal qiymatdagi oltin tangalarni har birini 4,2 mln. so‘mdan hisoblab, jami 7 dona oltin tangalarni 29,4 mln. so‘mga noqonuniy ravishda sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan fuqarolar A.B. va boshqalarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Xabarda qayd etilishicha, hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.