O‘zbekiston Adliya vazirligida korrupsiyaga qarshi kurash uchun maxsus Telegram-bot ishga tushirildi

Jamiyat 22:57 / 08.05.2019 5443

O‘zbekiston Adliya vazirligi tomonidan adliya idoralari xodimlari orasida korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘yilishi haqida o‘z vaqtida xabar berish, bu holatlarga zudlik bilan javob berish, ularning oqibatlari bilan kurashish, bunday huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida Telegram messenjerida maxsus bot – @antikorbot ishga tushirildi.

Endi bu bot yordamida noqonuniy harakatlar, jumladan Adliya vazirligi va uning tizimiga kiruvchi ta'lim muassasalarida korrupsiyaviy huquqbuzarliklar haqida xabar berish mumkin.

Xabarlar tegishli tartibda ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, murojaat qilgan shaxs haqidagi ma'lumotlar sir saqlanishi kafolatlanadi.

Vazirlikda shu bilan birga quyidagilar eslatib qo‘yildi:

- tuhmat qilish, ya'ni yolg‘on, o‘zga shaxsning nomiga dog‘ tushiruvchi bo‘htonlar tarqatish eng kam ish haqining 20 barobaridan (4 mln 54 ming 600 so‘m) 60 barobarigacha (12 mln 163 ming 800 so‘m)  jarima solinishi;

- xuddi shunday harakatlar uchun ma'muriy jazo qo‘llangandan keyin sodir etilgan tuhmat eng kam ish haqining 200 barobarigacha (40 mln 546 ming so‘m) jarima yoki 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. 

Ko‘proq yangiliklar: