Bo‘kada 32 tup «ko‘knor» giyohvandlik vositasi aniqlandi

Jamiyat 08:12 / 08.05.2019 9477

2019 yil 29 aprel kuni tuman IIB xodimlari tomonidan Bo‘ka tumanida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Uning natijasida vaqtincha Bekobod shahrida yashovchi X.Yu o‘zi ishlaydigan Bo‘ka tumani Jo‘rabod MFYda joylashgan “Mustaqillik” fermer xo‘jaligiga qarashli dala shiyponining yer maydonida 32 tup “ko‘knor” giyohvandlik o‘simligini yetishtirayotganligi aniqlanib, yonidan esa 5 gr. “marixuana” giyohvandlik moddasi olingan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: