Bosh prokuratura: o‘qishga kiritishni va'da qilgan firibgar qo‘lga tushdi

Jamiyat 17:09 / 07.05.2019 10135

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi va IIV xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.

Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga ko‘ra, unda O‘zbekiston davlat madaniyat va san'at instituti Nukus filiali talabasi M.A. fuqaro X.M.ning ishonchiga kirib, tanishlari orqali o‘zi tahsil olayotgan oliygohga o‘qishga kiritib qo‘yishini aytib, undan 4000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Mazkur holat yuzasidan M.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov harakatlari o‘tkazilmoqda, deyiladi xabarda.

Ko‘proq yangiliklar: