Atlas KSM tarmog‘i barcha yurtdoshlarimizni muqaddas Ramazon oyi boshlanishi bilan tabriklaydi va bayram aksiyasini boshlaydi. 6-maydan 5-iyunga qadar 4-qavatda joylashgan ovqatlanish maydoni va 1-qavatda joylashgan Canella qahvaxonasida barcha menyuga 10% chegirma amal qiladi.
Endi esa eng qiziqarli narsalarga – ovqatlanish nuqtalaridagi taomlarga o‘tamiz.
La Marmite oshxonasidan boshlaymiz. Nafaqat mazali, balki tez ovqatlanishni istaysizmi? La Marmite'dagi go‘shtli ziyofat hech kimni och qoldirmaydi, axir yumshoq va ishtahani ochadigan go‘sht oldida chidab turishning iloji yo‘q.
Navbatda 5UP Kitchen – bu barchamiz yoqtirgan uy ovqatlarini ham, fast fud doirasidagi taomlarni ham o‘z ichida mujassam qilgan joy. Nonushta, tushlik, kechki ovqat, yengil taomlar – bu yerda istalgan ta'mdagi ovqatlarni topasiz.
Well'da nimani tatib ko‘rsa bo‘ladi? Fast fudning istalgan turini, burger va longerdan boshlab, barcha yoqtirgan lavash va donarlargacha. Yoqimli o‘tirishlarda va yo‘lda ishtahangizni qondirish uchun eng mos keladigan variant.
Les Ailes – hayotingizni mazali tovuqsiz tasavvur qilolmasangiz, unda bu joy aynan Siz uchun. Lazzatli ovqatlar, tetiklashtiruvchi ichimliklar – och bo‘lganingizda baxt uchun nima kerak?
Burgerlar, sendvichlar, tostlar, lavashlar, pitssa, salatlar... Bularning barchasi – Toast Club oshxonasida. Eng mashhur va sevimli taomlar aynan shu yerda yig‘ilgan – faqat kelishingiz va ularni tatib ko‘rishingiz kerak.
Canella qahvaxonasi Atlas Chilonzor KSM'ning 1-qavatida joylashgan. Kayfiyat va ob-havo qanday bo‘lishidan qat'i nazar, bu yerga kelishingiz va shinam sharoitda vaqtingizni o‘tkazishingiz, eng mazali sendvichlar, steyklar, shirinliklar va boshqa ovqatlardan bahramand bo‘lishingiz mumkin. Shuningdek, ajoyib qahva va choyning turli xil ta'mlarini tatib ko‘rishingiz mumkin.
Atlas Chilonzor filialidagi yangi ovqatlanish maydonida sevimli taomlaringizdan lazzatlaning!
Aksiyada La Marmite, 5UP Kitchen, Well, Les Ailes, Toast Club, Canella brendlari ishtirok etadi.
Les Ailes'da 10% chegirma faqat iftorlik vaqtida amal qiladi.
Atlas Chilonzor KSM manzili: Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Ts-kvartal, Qatortol ko‘chasi, 28
Mo‘ljal: Oqshom restorani
Barcha yangiliklar, aksiyalar va chegirmalarni o‘tkazib yubormaslik uchun ijtimoiy tarmoqlarda Atlas sahifalarini kuzatib boring:
Telegram: t.me/atlasuzb
Instagram: instagram.com/atlasuzb
Facebook: fb.com/atlasuzb
Reklama huquqi asosida