Mushtlashuv paytida o‘zbekistonlik erkak o‘z hamkasbiga og‘ir jarohatlar yetkazdi, deya xabar beradi Tverning Zavoljskiy tuman sudi matbuot xizmati.
Hodisa shaharning arralash dastgohi joylashgan hududlaridan biri sodir bo‘ldi. Shaxsiy ziddiyat oqibatida kelib chiqqan mojaro davomida O‘zbekiston fuqarosi korxona boshqa xodimiga hujum qilgan va og‘ir jarohat yetkazgan. Natijada, jabrlanuvchi yopiq bosh miya jarohati, bosh miya chayqalishi, bosh miya suyagining sinishi va boshning yumshoq to‘qimalari lat yeyishi kabi jarohatlar oldi.
Erkak hibsga olingan. Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 111-moddasi birinchi qismida 8 yilgacha qamoq jazosi nazarda tutilgan.
«Tver shahar Zavoljskiy sudi qarori bilan unga 2 oyga, ya'ni 2019 yilning 30 iyunigacha qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi tanlangan», - deyiladi sud matbuot xizmati xabarida.