Yana Messi. YeChLda haftaning eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

Sport 17:19 / 03.05.2019 7039

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi Yevropa ligasi yarim finalining ilk o‘yinlari haftasida eng yaxshi futbolchi deb topildi.

UYeFA rasmiy saytida o‘tkazilgan so‘rovnomada Leo jamoadoshi Luis Suares hamda «Ayaks» yarimhimoyachilari Frenki de Yong va Doni van de Bekni ortda qoldirgan.

Eslatib o‘tamiz, Messi chorshanba kuni «Kamp Nou»da «Liverpul» darvozasiga ikkita to‘p kiritib, jamoasining yirik hisobdagi (3:0) g‘alabasini ta'minlagan edi.

10-raqam egasi chorak finalning javob o‘yinlari haftasida ham eng yaxshi futbolchi deb e'tirof etilgan, o‘shanda u «Manchester Yunayted» bilan bahsda ham dubl qayd etgandi.

Ko‘proq yangiliklar: