Messi Kiyevdagi YeChL o‘yiniga bormaydi. Kuman sababini tushuntirdi

Sport 20:28 / 23.11.2020 8071

«Messi va De Yongning Ispaniyada qoldirishga qaror qilganim sababi – «Barselona»ning Chempionlar ligasi guruh bosqichidagi vaziyati ancha yaxshi. Biz 3 o‘yinda 9 ochko jamg‘arishga erishdik va endi ayrim yigitlarga biroz dam olish imkoniyatini berishimiz mumkin. Shu bois bu futbolchilarni uzoq safardan qoldirdik. Ularga biroz dam berish kerak edi», – deya Kumanning so‘zlarini keltirmoqda AS.

Ma'lumot uchun, «Dinamo» Kiyev — «Barselona» uchrashuvi 24 noyabr, seshanba kuni Ukrainada o‘tkaziladi. Bahs soat 01:00da boshlanadi.

Ko‘proq yangiliklar: