Farg‘ona viloyatining So‘x tumani anklav hudud hisoblanadi. Tog‘li tumanda “Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan iste'molchilarni uzluksiz va sifatli elektr energiyasi ta'minoti bilan ta'minlash maqsadida bir qator amaliy ishlar qilinmoqda.
Iste'molchilar va ishchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, qulaylik yaratish uchun So‘x tuman elektr ta'minoti korxona binosi mukammal ta'mirlanib, zamonaviy texnika vositalari bilan ta'minlandi.
Tumanda o‘tgan 2018 yili 11,74 km yuqori va past kuchlanishli elektr tarmoqlari va 8 dona transformator punkti qurilib foydalanishga topshirilgan edi. Joriy yil hududda “Past kuchlanishli tarmoqlarni modernizatsiya va rekonstruksiya qilish” Dasturi doirasida jami 48,1 km uzunlikdagi past kuchlanishli elektr tarmoqlari ishga tushib, 15 dona transformator punktida yangi qurilish va rekonstruksiya ishlarini bajarish rejalashtirilgan. Bu maqsad uchun sarflanadigan mablag‘ 4,2 mlrd. so‘mni tashkil etadi.
“Obod qishloq” dasturi doirasida 13,7 km uzunlikda past kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari va 4 dona transformator punktlarida modernizatsiya, rekonstruksiya qilish va yangi qurilish ishlari hamda 9.4 km uzunlikdagi elektr uzatish tarmoqlari va 10 dona transformator punktlarini mukammal ta'mirlanadi.
“Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan tumanda iste'molchilarning elektr energiya ta'minotini yanada yaxshilash uchun 12,6 km elektr uzatish tarmoqlari, 12 dona transformator punktlarini mukammal ta'mirlash rejalashtirilgan.