Qonunchilikda Yo‘l harakati qoidalariga kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, 10 aprel kunidan boshlab haydovchilar o‘z transport vositalarini yo‘l qismida bir qator qilib harakat qismiga parallel holatda qoldirish zarur.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hududi yaqinidagi yo‘lda YPX inspektorlarining tushuntirish ishlari natijasida haydovchilar YHQga muvofiq to‘xtashmoqda.
![](https://storage.kun.uz/source/4/BS1fPr5iyxPCf6YPfHeYl-jL483sMlhF.jpg)
IIBB xabariga ko‘ra, YHXB xodimlari haydovchilar bilan suhbat o‘tkazib, ularga Yo‘l harakati qoidalariga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar haqida so‘zlab berishgan.
![](https://storage.kun.uz/source/4/L_44eY5C_vDbf40XuQv2oPLfMLahH5rp.jpg)
“Barcha haydovchilar shundan o‘rnak olishlari kerak, har doim va har yerda o‘z avtomobillarini bir qator qilib harakat qismiga parallel holatda qoldirishlari zarur”, - deyiladi xabarda.