«Lasetti» yukxonasidan 48 000 000 so‘m pulni o‘g‘irlab ketishdi
2019 yil 26 aprel kuni 2 noma'lum shaxs Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumani S.Azimov ko‘chasida eshiklari ochiq holda qarovsiz qoldirilgan, fuqaro F.F. boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtomashina yukxonasidan 48 000 000 so‘m pulini o‘g‘irlab ketgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabarida aytilishicha, ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Yunusobod tumani Niyozbek ko‘chasida yashovchi I.A. va O.Zokirov ko‘chasida yashovchi T.U. sodir etganliklari aniqlanib, ushlanganlar.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

08:10
Toshkentda Lexus yo‘l chetida turgan mashina va fuqaroni urib yubordi

21:22 / 17.03.2025
Magic City'ning egasi yana o‘zgaradi

12:20 / 17.03.2025
Yuzlab insonlarni chuv tushirgan avtolizingchilarga hukm o‘qildi

10:01 / 17.03.2025