Burkina-Fasoda jangarilarning cherkovga hujum qilishi natijasida olti kishi halok bo‘ldi

Foto: AFP 2019 / Ahmed Ouoba
Burkina-Fasodagi Saxel oblastidagi cherkovga noma'lum shaxslarning hujumi natijasida olti kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Infowacat portali xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, bir guruh qurollangan kishilar Silgaji shahridagi cherkovga bostirib kirgan va o‘qotar qurollardan o‘t ochishgan.
Natijada ikki nafar cherkov xizmatchisi va yana to‘rt kishi halok bo‘lgan. Bundan tashqari, hujum qilganlar bir necha kishini o‘g‘irlab ketishgan.
Juma kuni Burkina-Faso sharqida jangarilar hujumi oqibatida besh nafar o‘qituvchi halok bo‘lgandi.
Mavzuga oid

12:48 / 04.02.2025
Tojikistondagi koloniyada mahbuslar qochishga urinib, qo‘riqchilarga hujum qildi

11:34 / 01.01.2025
Berlinda pichoqli hujum: ikki kishi yaralandi

00:57 / 06.10.2024
Burkina-Faso oltin qazib oluvchi chet elliklarning litsenziyasini qaytarib olishni boshladi

10:48 / 30.08.2024