«Lasetti» salonidan 15 mln so‘m o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga olindi
2019 yil 7 aprel kuni noma'lum shaxs Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumani Buyuk ipak yo‘li ko‘chasida joylashgan “Makro” supermarketining avtoturargohida qarovsiz qoldirilgan, fuqaro D.S.ga tegishli “Lasetti” rusumli avtomashinasi eshigini ochgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, u salondan 15 million so‘m va 420 AQSh dollarini o‘g‘irlab ketgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Uchtepa tumani Taqachi ko‘chasida yashovchi O.K. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan.
Tergov harakatlari davom etmoqda, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid

08:10
Toshkentda Lexus yo‘l chetida turgan mashina va fuqaroni urib yubordi

21:22 / 17.03.2025
Magic City'ning egasi yana o‘zgaradi

12:20 / 17.03.2025
Yuzlab insonlarni chuv tushirgan avtolizingchilarga hukm o‘qildi

10:01 / 17.03.2025