Ukrainada prezidentlik saylovlarining ikkinchi turi boshlandi

Jahon 10:02 / 21.04.2019 18664

Ukrainada mahalliy vaqt bilan soat 8:00da (Toshkent vaqti bilan soat 10:00) prezidentlik saylovlarining ikkinchi turi boshlandi.

Davlat rahbari lavozimi uchun amaldagi prezident Petro Poroshenko va shoumen Vladimir Zelenskiy o‘zaro kurash olib bormoqda.

Saylovda ko‘p ovoz olgan nomzod prezidentga aylanadi. Yangi prezident 3 iyungacha lavozimga kirishadi.

Saylov uchastkalari soat 20:00ga qadar (Toshkent vaqti bilan soat 22:00) ochiq bo‘ladi. 

Birinchi turda Zelenskiy 30,24 foiz ovoz olib birinchi bo‘lgan, Poroshenko 15,95 foiz ovoz bilan ikkinchi turga o‘tgandi.

Ko‘proq yangiliklar: