Irlandiyaning Ookla kompaniyasiga tegishli Speedtest.net internet-servisi 2019 yil mart oyi yakunlari bo‘yicha jahonda mobil va simli internet tezligi haqidagi ma'lumotlarni o‘z ichiga olgan Speedtest Global Index oylik reytingini e'lon qildi.
O‘zbekistonning pozitsiyalari yanada yomonlashdi:
mamlakat mobil internet tezligi bo‘yicha bir pozitsiyani yo‘qotdi va 9,49 Mbit/s. tezlik bilan 127-o‘rinni egalladi;
simli internet tezligi bo‘yicha 11,81 Mbit/s. tezlik bilan 178 davlat orasida 131-o‘rindan joy oldi.
Norvegiya (67,54 Mbit/s.) mobil internet tezligi, Singapur (199,62 Mbit/s.) simli internet tezligi bo‘yicha birinchi o‘rinni egallagan.
Speedtest servisdan o‘z ulanishi tezligini tekshirishda foydalanuvchi shaxslardan olingan ma'lumotlar asosida tezlikni hisoblab chiqaradi hamda reytingni shakllantiradi.