Sakkiz yildan beri qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Turkiyada qo‘lga olindi

O‘zbekiston 19:19 / 28.11.2024 18967

O‘zbekistonda odam savdosi jinoyatini sodir etganlikda ayblanib, 8 yildan beri qidiruvda bo‘lgana ayol Turkiyada qo‘lga olindi. Bu haqda mamlakatning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, odam savdosi jinoyatini sodir etganlikda ayblanib, sakkiz yildan beri qidiruvda bo‘lgan 44 yoshli Tursuntosh Qodirova O‘zbekiston va Turkiya Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida o‘tkazilgan navbatdagi tezkor tadbirda ushlangan hamda Toshkent shahriga deportatsiya qilingan.

«Ushbu shaxsning xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolardan O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga yoki O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi yoxud ichki ishlar organlarining quyi hududiy bo‘linmalariga murojaat qilish so‘raladi», — deyiladi xabarda.

Avvalroq firibgarlikda ayblanib 3 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan erkak Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilingan edi. Oktyabr oxirlarida esa 10 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Turkiyada qo‘lga olingandi. U jinoiy uyushma tashkil etish, o‘zgalar mulkini juda ko‘p miqdorda o‘zlashtirish, firibgarlik, soxta tadbirkorlik kabi qator jinoyatlarda gumonlanmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: